QISHLOQ XO‘JALIK YERLARINI MONITORING QILISH USLUBIYATINI GAT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH (QORAQAROG‘ISTON MISOLIDA)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi yerlari monitoringi metodologiyasini takomillashtirishda geografik axborot tizimlari (GAT) va masofadan zondlash texnologiyalarining imkoniyatlari o‘rganilgan. Mintaqaning yer degradatsiyasi, tuproq sho‘rlanishi va suv tanqisligi kabi muammolarini hisobga olgan holda, GIS, uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari integratsiyasi aniq va organik dehqonchilik uchun samarali yechim bo‘ladi. Tadqiqotda GATning fazoviy ma’lumotlarni boshqarish, yerdan foydalanishni rejalashtirish va qishloq xo‘jaligi sharoitlarini real vaqt rejimida kuzatishdagi roli yoritilgan bundan tashqari, ekinlar salomatligini baholash va tuproq tahlili uchun yuqori aniqlikdagi ma’lumotlarni to‘plashda UUA texnologiyalarining afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Muayyan qiyinchiliklarga, masalan, texnologiya va texnik tajribadan foydalanish imkoniyatining cheklanganligiga qaramay, maqolada tadqiqot, ta’lim va infratuzilmaga sarmoya kiritish zarurligi ta’kidlanadi. Natijada, GATga asoslangan monitoring tizimlarini joriy etish Qoraqalpog‘istonda barqaror yer boshqaruvi va qishloq xo‘jaligi unumdorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Mualliflar
Zabidullayeva Ranoxan Kenesbaevna
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: O‘qituvchi
Ish joyi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Turdibaeva Guzeliya Paraxatovna
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Talaba
Ish joyi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti