TUPROQ SIFATINI BAHOLASH: KLASSIK BONITIROVKADAN ZAMONAVIY XALQARO YONDASHUVLARGACHA

Annotatsiya

Maqolada tuproq sifatini baholashda klassik bonitirovka tizimi va zamonaviy xalqaro yerlarni baholash hamda moslik/qobiliyat tasnifi tizimlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda FAO, USDA, Storie indeksi, Canada Land Inventory va Germaniyaning Bodenschätzung tizimlari kabi xalqaro tajribalar o‘rganilgan. Bonitirovka metodikasini xalqaro yondashuvlar bilan taqqoslab, ularning kuchli va zaif jihatlarini ochib berilgan hamda barqaror yer resurslaridan foydalanish uchun zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish zarurligi ta’kidlangan. Maqolada statik ballik baholardan dinamik indikatorlarga (iqlim, degradatsiya, hosildorlik, boshqaruv ta’siri) o‘tish tendensiyalari yoritilgan va tizimni takomillashtirishga oid amaliy tavsiyalar beriladi. 

Mualliflar