LALMI YERLARDAN FOYDALANISHNI TASHKIL ETISHDA IQLIM O‘ZGARISHINING ROLI
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda O‘zbekistonning lalmi yerlarida iqlim o‘zgarishi jarayonlarining ta’siri va ularni samarali boshqarish masalalari tahlil qilingan. So‘nggi yillarda yog‘ingarchilik miqdorining kamayishi, haroratning ortishi va tuproq namligining pasayishi lalmi dehqonchilik tizimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqot davomida iqlim o‘zgarishiga moslashgan dehqonchilik usullari, suv resurslaridan oqilona foydalanish, eroziyaga qarshi agrotexnik tadbirlar hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘llari o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, lalmi yerlarda hosildorlikni saqlab qolish uchun kompleks boshqaruv yondashuvi – agroekologik, iqtisodiy va texnologik choralarni birgalikda qo‘llash zarur. Mazkur ish iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda amaliy ahamiyatga ega.
Mualliflar
Sharopov Ramziddin Najmiddinovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Ish joyi: “O'zdavyerloyiha" DILI
Lavozimi: Bo'lim boshlig'i