2015–2025 YILLAR DAVOMIDA YAYLOVLAR DINAMIKASI VA O‘ZGARISH TENDENSIYALARI

Annotatsiya

2015–2025 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida yaylov va pichanzorlar maydonida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati to‘g‘risida Milliy hisobot va O‘zbekiston Respublikasi Yer fondi ma’lumotlari asosida respublika, viloyat va tumanlar kesimida yaylov resurslarining dinamikasi o‘rganildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, umumiy yaylov maydonlari hajmi yil sayin qisqarib bormoqda, bu esa iqlim o‘zgarishi, antropogen bosim va qishloq xo‘jaligi yerlarining kengayishi bilan bog‘liq. Toshkent viloyati va uning ayrim tumanlarida yaylovlarning qisqarishi chorvachilik barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqot natijalari yaylov resurslaridan oqilona foydalanish, degradatsiyani kamaytirish va ekologik muhofazani kuchaytirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. 

Mualliflar