HUDUDLARDA YER KADASTRI MA’LUMOTLARI ASOSIDA YERLARDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAʼMINLASH YO‘NALISHLARI
Annotatsiya
Yer maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish natijasida aniqlangan yuridik faol bo‘lmagan yerlarni aktivga aylantirish, foydalanishdan chiqib ketgan yerlardan qayta foydalanish imkoniyatini yaratish choralarini ko‘rish, shuningdek, yer resuraslarini miqdor va sifat jihatdan to‘g‘ri hisobga olish yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi doimiy dolzarb mavzulardan hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi yer fondining qishloq xo‘jaligi yer fondi toifasiga tegishli ayrim hisobot ma’lumotlari va amaldagi yerlar o‘rtasidagi nomutonosibliklar hamda ularni bartaraf etishga doir tahlillar, tushunchalar, xulosalar va tavsiyalar berilgan.
Mualliflar
B.M. Yunusov
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Texnika fanlari falsafa doktori (PhD)
Ish joyi: Davlat kadastrlari palatasi