XORAZM VILOYATI SUG‘ORILADIGAN YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH

Annotatsiya

Respublikamizda so‘ngi yillarda yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini maqbullashtirish va ularni ajratishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash, sug‘oriladigan ekin yerlaridan samarali foydalanish hamda, ekinlarni oqilona joylashtirishni tashkil etish shaffoflikni ta’minlash, yersuv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari, innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, bo‘yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda. Sug‘oriladigan yerlarning bugungi holati, yer va suv resurslaridan foydalanish o‘rganilib, tahlil qilingan. Sug‘oriladigan yerlarning agroekologik holatining hududiy xususiyatlariga ko‘ra, qulaylik darajasini aniqlash bo‘yicha, geografik axborot tizimlari asosida baholash xaritasi yaratildi va ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Mualliflar