SO‘X KONUS YOYILMASI TUPROQLARINING AGROEKOLOGIK TAVSIFI
Annotatsiya
So‘x konus yoyilmasining bosh tosh-shag‘alli qismi inson tomonidan sun’iy yaratilgan kolmatajlangan tuproqlar bilan qoplangan. Yoyilmaning, saz tartibotli sizot suvlari sathining joylashish chuqurligi va mineralizatsiyasi bilan farq qiladigan o‘rta va quyi qismlarida o‘tloqi-botqoq-voha va o‘tloqi-voha tuproqlar rivojlangan. Tuproqlarning, gidromorfik jarayonlarining natijalari yaqqol ifodalangan morfo-genetikaviy kesimi ko‘p jinsli qatlamlardan tarkib topgan. Sho‘rlanish yoyilmaning o‘rta qismida kuchsiz, periferiyasining shimoli hamda qanotlari tomon kuchaygan. Harakatchan fosfor va kaliy miqdorlari bo‘yicha tuproqlar o‘rtacha va kuchsiz ta’minlangan guruhlarga kiradi.
Mualliflar
V.Y. Isaqov
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Biologiya fanlari doktori
Ish joyi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti L.A. Tadjibayeva O‘qituvchi FarD
A.N. Xoshimov
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Biologiya fanlari falsafa doktori
Ish joyi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Lavozimi: Katta o‘qituvchi