Tipik bo'z tuproqlar fosfotlari fraksiyaviy tarkibining lalmikor dehqonchilikda o'zgarishi
Annotatsiya
Maqolada Toshkent viloyati tipik bo‘z tuproqlari fosfatlarining fraksiyaviy tarkibi va ularning lalmikor
dehqonchitikda o‘zgarishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar tipik bo‘z tuproqlar fosfatlarining asosiy qismini fosforning mineral birikmalari tashkil etishini ko‘rsatdi. Mineral fosfatlar tarkibida yuqori asosli fosfatlar ustunlik qiladi. Turli asosli fosfatlar miqdori yuqori asosli fosfatlar miqdoridan ancha kam bo‘lib, bo‘sh bog‘langan fosfatlar miqdoridan yuqori. Qo‘riq tipik bo‘z tuproqlardan lalmikor dehqonchilikda foydalanish tuproqda yuqori asosli kalsiy fosfatlari miqdoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi, faqat ular miqdorining ko‘payish tendensiyasi kuzatildi. Bo‘sh bog‘langan
(Sa-PI) va turli asosli (Sa-PII) fosfatlar miqdorlari esa sezilarli darajada ko‘payishiga olib keldi.
Mualliflar
A.J. Boirov
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo'jaligi fanlar nomzodi
Ish joyi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Lavozimi: Katta ilmiy xodim