Kivi o'simligi navlariningO'zbekiston tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi
Annotatsiya
Ushbu maqolada kivi o‘simligi har xil navlarining O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitida yashab keta
olish xususiyatini o‘rganish yuzasidan olib borilgan tajriba natijalari keltirilgan. Tajriba Toshkent viloyati sharoitlarida o‘tkazilgan. Tadqiqot ob’ekti sifatida kivi o‘simligining Xeyvord, Monti, Bruno va changlatuvchi Matua navlari xizmat qilgan. Tadqiqotdan olingan natijalarning ko‘rsatishicha, kivi navlarining barchasi mamlakatmizning markaziy mintaqasi, xususan Toshkent viloyati sharoitida yaxshi o‘sib rivojlangan. Tajribalar respublikada kivini sanoat asosida yetishtirish istiqboli mavjud ekanligini ko‘rsatgan
Mualliflar
Z.A. Abdikayumov
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo'jaligi falsafa fanlar doktori (PhD)
Ish joyi: Toshkent davlat agrar universiteti
O.O. Sattorov
Ish joyi: Toshkent davlat agrar universiteti