GEOMETRIK NIVELIRLASH ASOSIDA “TUYAMO‘YIN” GIDROLOGIK STANSIYASINING NUQTALARI ORASIDAGI NISBIY BALANDLIK FARQLARINI ANIQLASH

Annotatsiya

Ushbu maqolada “Tuyamo‘yin” gidrologik stansiyasi hududida o‘tkazilgan IV-sinf nivelirlash natijalari keltirilgan. AT-32 optik niveliri va shashkali reyka yordamida o‘lchovlar metodikasi qisqacha tavsiflangan. Gidrometeorologiya xizmati bosh boshqarmasining ma’lumotlari va reper qiymatlarining suv balansi hajmini hisoblash jarayonidagi o‘rni ta’kidlab o‘tiladi. Nivelir yordamida gidrologik postining reperlari va suv o‘lchov reyka orasidagi nisbiy balandliklar o‘lchandi. Asosiy, ishchi va nazorat reperlarining balandliklari suv sathiga nisbatan hisoblab chiqildi. Amudaryo qirg‘og‘ida joylashgan reperining nol punkt balandligi aniqlashtirildi va nazorat qilish maqsadida geodezik o‘lchovlarni o‘tkazish taklif etiladi. 

Mualliflar