YANGI YARATILAYOTGAN ARPA NAV VA DURAGAYLARI
Annotatsiya
Mamlakatimizda yetishtirilgan arpa hosilining 10-15% oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi, arpa doni tarkibida odam organizmida tez hazm bo‘ladigan karbonsuvlar, har xil aminokislotalar, oqsil va mineral moddalar ko‘p saqlanadi. G‘allachilikda don hosildorligi va sifatini oshirishda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlardan, birinchi navbatda, yuqori mahsuldor navlardan foydalanish ularni biologik xususiyatlarini o‘rganib, ular bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish ijobiy natijalarga erishish mumkin. Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida arpa navlarining istiqbolli navlarini yaratish, tanlash borasida bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. 2022-yil hosili uchun jami 27 ta kombinatsiyada 81 ta duragaylar ekib o‘rganilib, shundan 18 ta kombinatsiyada F1 bo‘g‘inida, 9 ta kombinatsiyada F2-F4 bo‘g‘inlarida seleksiya ishlari olib borilib, duragaylarni kuzatish natijasida ertapisharlik xususiyatiga ega bo‘lgan 5%, o‘rta pishar 68% va 27% o‘rtacha kech pishar duragay avlodlari belgilab olindi hamda seleksiyaning keying bosqichlari uchun 48 ta duragay avlodlari tanlab olindi..
Mualliflar
Sh.Sh. Sarmanov
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo'jaligi fanlari doktori
Ish joyi: Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti
Lavozimi: Katta ilmiy xodim
Raxmankulov Murod Said-Akbarovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo'jaligi fanlari doktori, professor
Ish joyi: Toshkent Davlat Agrar universiteti