FOSFOR BILAN TURLI DARAJADA TA’MINLANGAN SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLARDA FOSFOR ADSORBSIYASI
Annotatsiya
Maqolada Toshkent viloyatining harakatchan fosfor bilan turli darajada ta’minlangan eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda qo‘llanilgan fosforning adsorbsiyasi, tuproq eritmasidagi muvozanat konsentratsiyasiga ta’siri to‘g‘risidagi tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Tadqiqotlarda qo‘llanilgan fosfor me’yori ortib borishi bilan fosforning tuproqda adsorbsiyasi va tuproq eritmasidagi muvozanat konsentratsiyasi oshib borishi aniqlangan. O‘rganilgan tuproqlarning fosforga standart talabi (0,2 mg/l) ularning harakatchan fosfor bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Mualliflar
A.J. Boirov
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo'jaligi fanlar nomzodi
Ish joyi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Lavozimi: Katta ilmiy xodim
Jurayev Shuxrat Abdunabi o‘g‘li
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Biologiya fanlari falsafa doktori
Ish joyi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Xolmatov Otabek Ismatovich
Ish joyi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Nuriddinova Xurshida Toshevna
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo'jalik fanlari falsafa doktori
Ish joyi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti