UGOM-CHOTQOL DAVLAT MILLIY TABIAT BOGʻIDA YER QOPLAMI VA YERDAN FOYDALANISH HOLATINING OʻZGARISHLARINI MULTISPEKTRAL KOSMIK TASVIRLAR ASOSIDA BAHOLASH
Annotatsiya
Ugom-Chotqol milliy bogʻi 1990-yilda Chotqol biosfera rezervati qayta tashkil etilishi natijasida tashkil etilgan. Janubiy Tyan-Shan togʻ tizmasida, Chotqol togʻ tizimida joylashgan boʻlib, Oʻzbekistondagi eng yirik qoʻriqxona hisoblanadi. Milliy bogʻ noyob ekotizimlar va yoʻqolib borayotgan hayvonlarni himoya qilish uchun yaratilgan. Ushbu tadqiqotda 2000-2020 yillar davomida milliy bog‘ning yer qoplamining va tegishli yillarda yog‘ingarchilikning Oʻzgarishi xaritasi sun’iy yoʻldoshdan olingan suratlar asosida tuzilgan. Yer qoplamining oʻzgarishi (YQOʻ) Maksimal ehtimollik tasnifi (MET) (Maximum Likelihood Classification) nazorat etiladigan tasniflash usuli yordamida hisoblab chiqilgan. Yer qoplamining oʻzgarishidan shuni aniqlash mumkinki, oxirgi yigirma yillikda oʻsimliklar miqdori koʻpaygan, qor qoplami esa aksincha kamaygan. Shuningdek, Milliy bogʻning janubida ochiq yer qoplami ortganligi aniqlandi.
Mualliflar
B.Y. Maxsudov
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Texnika fanlar falsafa doktori
Ish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
M.K. Juliyev
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Texnika fanlar falsafa doktori, dosent
Ish joyi: “ TIQXMMI ” MTU
N.N. Teshayev
Ish joyi: “ TIQXMMI ” MTU
Lavozimi: Oʻqituvchi