TABIIY IPAKDAN ISHLAB CHIQARILGAN JARROHLIK IPLARINING AYRIM SIFAT KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH

Annotatsiya

Ushbu maqolada tabiiy ipakdan ishlab chiqarilgan eshilgan jarrohlik iplarining eng muhim sifat ko‘rsatkichlaridan hisoblangan, jarrohlik ipidagi seritsin va yog‘ qoldiqlarini aniqlash usullari, institut sharoitida ishlab chiqarilgan jarrohlik iplarini sinov laboratoriyasida aniqlangan sifat ko‘rsatkichla-rining tahlillari keltirilgan. Jarrohlik iplarining fizik-mexanik ko‘rsatkichlari sinov laboratoriyasida amaldagi o‘lchov jihozlarida an’anaviy usulda aniqlangan. Jarrohlik iplarining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari institutning kimyo laboratoriya-sida yog‘-mum moddalarining qoldiq miqdorlari amaldagi standartlarda keltirilgan usullarda sinovdan o‘tkazilgan va kimyoviy tahlil orqali aniqlangan. Laboratoriya sinovlari natijasida olingan jarrohlik iplarining sifat ko‘rsatkichlari amaldagi standart ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy solishtirilib chiqilgan va baholangan.

Mualliflar