Surxondaryo viloyatidagi bo‘z mintaqa sug‘oriladigan gidromorf tuproqlarining mexanik tarkibi
Annotatsiya
Maqolada Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida gidromorf tuproqlarining tarqalishi, umumiy xossaxususiyatlari va sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarning mexanik tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. O‘tloqi tuproqlarning mexanik tarkibi irrigatsion keltirilmalarning tarkibi, agroirrigatsion qatlamning qalinligi, sug‘orish davrining davomiyligi kabi omillar bilan ham chambarchas bog‘liqligi, xatto bir ariqdan sug‘orilayotgan dalaning ham har xil qismida mexanik tarkibi bo‘yicha farqlanadigan tuproq hosil bo‘lishi yoritilgan, shuningdek mexanik tarkibni hisobga olgan o‘tloqi tuproqlarda agrotexnik, agrofizik chora-tadbirlarni tabaqalashtirilgan holda amalga oshirishga qaratilgan tavsiyalar keltirib o‘tilgan
Mualliflar
Abduraxmonov Nodirjon Yulchiyevich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Biologiya fanlari doktori, professor
Ish joyi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Lavozimi: Bosh direktor o'rinbosari
D.X. Berdiyev
Ish joyi: Qarshi davlat universiteti
Lavozimi: O'qituvchi