Qashqadaryo viloyati sharoitida ertagi kartoshkadan yuqori hosil olish imkoniyatlari

Annotatsiya

Maqolada kartoshka o‘rtatezpishar Sylvana va Saviola navlarini ertagi ekin sifatida turli muddatlarda ekish va mulchalash turlarida o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligini o‘rganish natijalari keltirilgan. Ekishni yanvar oyi ikkinchi yarmi-fevral oyi birinchi dekadasida amalga oshirib, gektariga 5-8 tonna elangan go‘ng va plyonka bilan mulchalash o‘simlikning jadal sur’atlarda qulay o‘sishi (74,6-87,0 sm), barg apparati shakllantirishi (tupda 0,74-0,87 m2) va ko‘p hosil (28-30 t/ga va ziyod) ertagi muddatlarda (1 iyungacha ) kartoshka Sylvana va Saviola navlari ta’minlar ekan

Mualliflar