Kasbi tumani agrolandshaftlaridan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari
Annotatsiya
Kasbi tumani tabiiy gegrafik xususiyatlari, iqlimi, relyefi, ichki suvlari, tuproq va oʻsimlik qoplamining
agrolandshaftlar shakllanishidagi oʻrni hamda qishloq xo‘jalik maqsadlarida, tuman hududi landshaftlarining tabiiy salohiyatini baholash va antropogen ta’sir natijasida o‘zgarishini o‘rganish muhim amaliy ahamiyatga ega ekanligi bayon etilgan. Kasbi tumani sug‘oriladigan yerlaridan foydalanishni, yer fondi turlari qishloq xoʻjalikda foydalanilishi yoritilgan. Maqolada tuman qishloq xoʻjaligini rivojlantirish maqsadida hududlarda shakllanadigan agrolanshaftlarda tabiiy resurslardan foydalanish samarasini oshirish, klasterlarni tashkil etish va boshqa shu kabi tadbirlari bayon etilgan.
Mualliflar
A.S.Suyunov
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: professor, texnika fanlari doktori
Ish joyi: samarqand davlat arxitektura qurilish instituti