QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIGA OBYEKTLARNI JOYLASHTIRISH XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida obyektlarini joylashtirishning ilmiy-uslubiy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda yer resurslaridan oqilona foydalanish, hududiy rejalashtirish tamoyillari hamda yer tuzish loyihalarining tarkibiy elementlari o‘rganildi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonining hududiy tashkil etilishi, yer maydonlarining tabiiy-iqtisodiy xususiyatlari hamda infratuzilma obyektlarining o‘zaro bog‘liqligi asosida obyektlarni joylashtirishning samarali yondashuvlari ishlab chiqildi. Natijalar yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda hududiy rejalashtirish sifatini takomillashtirish imkonini berishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Mualliflar
Inamov Bekzod Nizamovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim
Ish joyi: “O'zdavyerloyiha" DILI
Lavozimi: Bosh direktor o'rinbosari
Исматов Шохназар Турдимуродович
Ish joyi: “O'zdavyerloyiha" DILI