RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING LALMI YERLAR MONITORINGINI YURITISHDAGI AFZALLIKLARI

Annotatsiya

Mazkur maqolada zamonaviy qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirishga qaratilgan dasturiy ta’minotlar, ularning asosiy vazifalari va boshqaruv imkoniyatlari batafsil tahlil qilinadi. Xususan, lalmi yerlar monitoringini yuritish, ulardan samarali va oqilona boshqarishning ilmiy-uslubiy asoslari, shuningdek, lalmikor dehqonchilikda innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muallif tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari yoritilgan. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan “3D Layer” dasturi yordamida lalmi hududlarning geotuzilmasi, yer hisobi ma’lumoti va foydalanish holati raqamli formatda modellashtirilgan. Tadqiqot natijalari lalmi yerlarning barqaror boshqaruvi va raqamli dehqonchilikni rivojlantirishda muhim amaliy ahamiyatga ega.  

Mualliflar