QASHQADARYO VILOYATI FLORA VA FAUNASINI TABIIY-GEOGRAFIK HUDUDLAR VA TOG‘ JINSLARINI PAYDO BO‘LISHIGA TA’SIRI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining tabiiy-geografik zonalari, ularning relyef xususiyatlari va tog‘ jinslarining tarkibiy tuzilmasi viloyat hududida uchraydigan flora va fauna turlarining shakllanishi, tarqalishi va barqaror yashashiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asosda tahlil etiladi. Tadqiqot mintaqaning tog‘li, tog‘ oldi va tekislik zonalarida joylashgan o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan ularni tashkil etuvchi geologik qatlamlar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqlikni yoritishga qaratilgan.
Maqolada, ayniqsa, tog‘ jinslarining mineral tarkibi, yemirilish darajasi, tuproqqa aylanish xususiyati va ularning tuproq-tabiiy muhitga ta’siri batafsil ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, har bir tabiiy zona uchun xos bo‘lgan ekologik omillar – iqlim, namlik, balandlik, tuproq turlari kabi shart-sharoitlar flora va faunaning turlari va ularning moslashuv mexanizmlariga qanday ta’sir etishi ilmiy manbalar asosida ochib beriladi.
Mualliflar
Sultonov Shuxrat Adxamovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Dotsent
Ish joyi: Qarshi davlat texnika universiteti
Xujaqulov Amirjon Murodovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Texnika fanlar falsafa doktori (PhD)
Ish joyi: Qarshi davlat texnika universiteti