OILA DEMOGRAFIYASINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI (ANDIJON VILOYATI MISOLIDA)
Annotatsiya
Mamlakat taraqqiyotida oila muhim ahamiyatga ega institutlardan biridir. Oilalar taraqqiyoti, ulardagi turli ijtimoiy guruhlar miqdori, holati to‘g‘risida ilmiy tadqiqotlar olib borish bugungi globallashuv jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur maqolada oila demografiyasi geodemografik jihatdan tadqiq etilgan. Oilalarni demografik rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari statistik tahlil qilingan hamda muhim xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mualliflar
Temirov Zokirjon Abdilvoxidovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Geografiya fanlar falsafa doktori (PhD)
Ish joyi: Andijon davlat universiteti