LALMI YER MAYDONLARINI KOSMIK SURATLAR YORDAMIDA MONITORING QILISH
Annotatsiya
Ushbu maqolada lalmi yer maydonlarini zamonaviy texnologiyalar yordamida, xususan masofaviy zondlash (kosmik suratlar), sun’iy intellekt (AI), va RUSLE modeliga asoslangan holda monitoring qilish usullari yoritilgan. Lalmi hududlarda hosildorlikni saqlab qolish, eroziya jarayonlarini aniqlash hamda agroekologik barqarorlikni ta’minlashda GIS va NDVI indekslaridan foydalanishning samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tog‘oldi hududlarida olib borilgan tahlillar asosida eroziyani kamaytirishga qaratilgan yer tuzish yondashuvlari ishlab chiqilgan. Maqolada Landsat-8, Sentinel-2, Sentinel-1 kabi sun’iy yo‘ldoshlar bilan bir qatorda chuqur o‘qitish algoritmlarining qo‘llanishi orqali monitoringning aniqligi va samaradorligi oshirilishi ko‘rsatilgan.
Mualliflar
Tojiyev Z.T
Ish joyi: “O'zdavyerloyiha" DILI
Lavozimi: Doktorant
Nazarov Zavqiy Shavkat o‘g‘li
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Bosh mutaxassis
Ish joyi: “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti