JAHONDA EKOLOGIK TURIZM RIOVJLANISHINING REGIONAL TAHLILIGA OID BA’ZI MULOHAZALAR

Annotatsiya

Ushbu maqolada turizmning o‘ziga xos yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan ekoturizmni rejalashtirish, tartibga solish, qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va monitoring qilish bo‘yicha faol siyosat olib borayotgan va katta tabiiy salohiyat, resurslarga ega bo‘lgan mamlakatlar tajribasi muhokama qilinadi. O‘rganish jarayonida formal-mantiqiy, qiyosiy va institutsional tahlil usullaridan foydalaniladi. Shuningdek, turli mamlakatlarda ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha to‘plangan tajribalar ham har bir davlatning o‘ziga xos xususiyatlaridan, ham umumiy yondashuvlar, turizmni barqaror rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha xalqaro tavsiyalar va vazifalar bilan uyg‘unlikdan dalolat berishi ko‘rsatilgan. 


Mualliflar