XORAZM VOHASI SHOVOT TUMANI SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI TUPROQLARINING MEXANIK VA MIKROAGREGAT TARKIBI

Annotatsiya

Maqolada Shovot tumanida tarqalgan o‘tloqi tuproqlarning mexanik tarkibi ifodalangan bo‘lib, sug‘orish bilan band bo‘lgan tuproqlar mexanik tarkib jihatidan turli-tumanligi ko‘rsatilgan. Tumanda ko‘proq o‘rta qumoqli tuproqlar umumiy maydonning 42%, ni tashkil qiladi. Mexanik tarkibi va qatlamining tuzilishiga qarab 6 ta asosiy guruhga ajratilgan: 1) qumli; 2) qumloqi; 3) yengil qumoqli; 4) o‘rta qumoqli; 5) og‘ir qumoqli; 6) loyli. O‘tloqi tuproqlarda eng ko‘p miqdorni 0,05-0,01mm kattalikdagi zarrachalar va undan keyingi o‘rinda 0,1-0,05 va 0,01-0,001mm kakttalikdagi zarrachalardan tashkil topgan bo‘lib, ya’ni mikrostrukturalidir

Mualliflar