Sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish loyihasi uchun elektron xarita ishlab chiqish
Annotatsiya
Butun dunyoda shu jumladan respublikamizda suv tanqisligi muammosi yildan yilga ortib bormoqda. Turli ekologik va antropogen omillar bu jarayonni yanada tezlashtirmoqda. Suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish, mamlakatimizdagi mavjud suv inshootlari ekspluatatsiya muddati o‘tganligi hamda taʼmirlanmay kelayotganligi suv tanqisligini ortishidagi asosiy antropogen omillar sifatida qayt etiladi. Mavjud kanal va sug‘orish inshootlari taʼmir talab holga kelgan. Ularni zamon talabiga mos tarzda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. Rekonstruksiya ishlarini tez va sifatli olib borish uchun obyekt joylashgan hududni topografik syomka qilish ishlari olib borilishi zarur. Shuningdek, syomka natijasida olingan maʼlumotlar asosida kanallarni joylashgan maydoni, ularning muhofaza mintaqasi belgilash, kanal taʼmirlash ishlarida qurilish texnikasi harakatlanishi uchun vaqtinchalik yer maydonlarini ajratish hamda ularni elektron raqamli xaritasini yaratish maqsadga muvofiqdir. Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani misolida sug‘orish kanallarini rekonstruksiya qilish loyihasi uchun elektron xarita yaratish bo‘yicha bajarilgan ishlar yoritilgan
Mualliflar
R.K. Oymatov
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Texnika falsafa fanlari doktori PhD
A.G‘. Xamdullayev
Ish joyi: Magistrant
A.B. Xamdullayeva
Ish joyi: O'zbekiston Milliy universitet