Мониторинг процессов деградaции в пустынно-пастбищных земель с использованием гис технологий
Annotatsiya
Maqolada Navoiy viloyatining cho‘l yaylov hududi uchun o‘simlik qoplamining normalashtirilgan vegetatsiya indeksini (NDVI) hisoblash bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar davomida sun‘iy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilish asosida 2000-2020 oralig‘idagi vegetatsiya indeksi qiymatlarining ko‘p yillik dinamikasi o‘rganilgan. 2020 yilda cho‘l yaylovlari o‘simliklar qoplami siyrakligi bilan ajralib turishi aniqlandi - bu esa yaylov o‘simliklarining keskin degressiyasi kuzatilayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, indeksning ko‘p yillik absolyut o‘rtacha va maksimal qiymatlaridagi farqlar aniqlangan. 2010 va 2020 yillarga nisbatan 2000-yil uchun indeksning ko‘p yillik o‘rtacha va maksimal qiymatlari xarakterlidir, o‘simliklar bilan qoplanish darajasi taxminan - 80% ni tashkil qiladi. Tadqiqot natijalari tabiiy zonal landshaftlarning ko‘p yillik dinamikasini tahlil qilishda, shuningdek vegetatsiya davrida yaylovlar holatini yaxshilashda qo‘llanilishi mumkin
Mualliflar
Qodirova Dilrabo Abdukarimovna
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Biologiya fanlari doktori, professor
Ish joyi: Toshkent davlat agrar universiteti O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti “Agrokimyo va tuproqshunoslik” kafedrasi
Lavozimi: Kafedra mudiri
Расулов Х.Н
Ish joyi: Toshkent davlat universiteti
Lavozimi: Assistent