Mahalliy xomashyodan yangi turdagi yuqori sifatli ko‘ylakbop krep gazlamasini ishlab chiqarish texnologiyasini “yodgorlik” MCHJda joriy etish

Annotatsiya

Ushbu maqolada strukturasi yangi bo‘lgan, iplarni xususiyatini va to‘qima tuzilishini yangicha birlashtirgan xolda, to‘qimani krep xususiyatini oshishini ta’minlovchi, “Krep gazlama” ni yangi yaratilgan turlari “YODGORLIK” Mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarishga joriy etish, hamda ularning turini ko‘paytirish, sanoatni eksport saloxiyatini oshirish istiqbollari xaqida so‘z yuritilgan. Tabiiy xom ashyodan tayyorlangan mahsulotga talab kundan-kunga oshib borayotgan bir vaqtda, jahon modasida ipak tolalari ishtirok etadigan gazlamalar hajmini oshirish, yangi assortimentdagi gazlamalar yaratish yo‘llarini izlab topish muhim hisoblanadi. Hukumatimiz tomonidan to‘qimachilik mutaxassislari va olimlari oldiga juda katta dolzarb masalalar qo‘yildi. Mavjud imkoniyatlardan foydalanib, tabiiy tolalardan sifatli to‘qimalar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, jahon bozorida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i ostida raqobatbardosh mahsulotlar bilan savdo qilishga erishish muammolarini hal etish bugungi kunda yechimini kutayotgan asosiy dolzarb muammolardan biri hisoblanadi

Mualliflar