Qattiq bug'doyning don hosildorligiga ma'danli o'g'itlar me'yori hamda sug'orish tartiblarining ta'siri

Annotatsiya

Andijon viloyatining qadimdan sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlari sharoitida kuzgi qattiq bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda ma’danli o‘g‘itlar me’yorlari va sug‘orish tartiblariga bo‘lgan talabi o‘rganildi. Olingan natijalarning ko‘rsatishicha, kuzgi qattiq bug‘doyni o‘suv davri davomida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 60–70–60% tartibda sug‘orilib, ma’danli o‘g‘itlar N150P105K75, N200P140K100, N250P175K125 kg/ga me’yorlarda qo‘llanilganida, N100P75K50 kg/ga me’yorda qo‘llanilgan variantga nisbatan don hosildorligi 9,9-18,3-20,3 s/ga, somon hosildorligi esa 10,6-20,3-26,6 s/ga, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60% tartibda sug‘orilgan variantlarda esa, don hosildorligi 11,1-20,0-22,1 s/ga, somon hosildorligi 12,6-23, 3-30,4 s/ga ga yuqori bo‘lganligi kuzatildi. Olingan don va somon hosildorligi sug‘orish tartiblari kesimida tahlil qilinganida, kuzgi qattiq bug‘doyni o‘suv davri davomida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70–70–60% tartibda sug‘orilganda, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 60-70-60% tartibda sug‘orilgan variantlarga nisbatan don hosildorligi 2,1-3,3-3,8-3,9 s/ga gacha, somon hosildorligi esa 3,7-5,7-6,7-7,5 s/ga yuqori natija ko‘rsatganligi aniqlandi.

Mualliflar