SUV FONDI OBYEKTLARI MUHOFAZA ZONALARI YERLARINI YO‘QLAMA QILISHNING USLUBIY ASOSLARI VA ILMIY TEXNIK JIHATLARI (CHEGARALARINI BELGILASH, PLAN KARTOGRAFIK MATRIALLARINI TAYYORLASH)
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qaroriga muvofiq [5] Qiziltepa tumani “Katta zovur O‘rtaobod” MTBga qarashli zovurlarda suv obyektlarining muhofaza zonalari va sohil bo‘yi mintaqalarini chegaralarini belgilash bo‘yicha olib borilgan ishlar yoritilgan. Tadqiqotda ortofotoplan va kartografik materiallardan foydalanilib, dala kuzatuvlari asosida suv obyektlari chegaralari qayta ko‘rib chiqilgan va elektron raqamli xaritalar ishlab chiqilgan. Natijada suvni muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yi mintaqalari aniqlandi hamda davlat kadastr ma’lumotlar bazasiga kiritildi.
Mualliflar
Boboqulov Baxtiyor Kamol o‘g‘li
Ish joyi: “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti
Lavozimi: mustaqil tadqiqotchi
Karimov Erkin Qodirovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Biologiya fanlari falsafa doktori
Ish joyi: Buxoro davlat texnika universiteti
Lavozimi: dotsent