SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA FAZOVIY MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISH VA XARITAGA OLISHNI AVTOMATLASHTIRISH

Annotatsiya

Ushbu maqolada geoaxborot tizimlari (GAT) va masofadan zondlash (MZ) sohasida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali xaritaga olish jarayonlarini avtomatlashtirish va soddalashtirish imkoniyatlari yoritib berilgan. Tadqiqot doirasida Sentinel-2 sun’iy yo‘ldosh tasvirlari asosida yer qoplamini aniqlash uchun boshqarilmaydigan (unsupervised) mashinali o‘rganish algoritmlaridan foydalanildi. Tahlillar Google Earth Engine bulutli platformasida amalga oshirilib, K-means klasterlash algoritmi yordamida yer qoplamining asosiy sinflari avtomatik tarzda ajratib olindi. Natijalar sun’iy intellekt yondashuvlari klassik GAT va MZ usullariga nisbatan vaqt va mehnat sarfini sezilarli darajada kamaytirishini, katta hududlar uchun tezkor va izchil xaritalar yaratish imkonini berishini ko‘rsatdi. Ayniqsa, dala ma’lumotlari yetishmaydigan yoki tezkor tahlil talab qilinadigan holatlarda unsupervised klassifikatsiya GIS va RS mutaxassislari uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu yondashuv xaritaga olish, ekologik monitoring va hududiy rejalashtirish jarayonlarida sun’iy intellekt texnologiyalarining amaliy ahamiyatini yaqqol namoyon etadi.


Mualliflar