SUG‘ORILADIGAN EKIN YERLARINING MELIORATIV HOLATINI ARCGIS DASTURI YORDAMIDA TAHLIL QILISH
Annotatsiya
Ushbu maqolada sug‘oriladigan ekin yerlarining meliorativ holatini zamonaviy geografik axborot tizimlari asosida tahlil qilish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida ArcGIS dasturiy ta’minoti yordamida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va fazoviy tahlil qilish usullari qo‘llanildi. Xususan, sizot suvlari sathi o‘zgarishlari va ularning hududiy taqsimoti IDW interpolatsiya usuli orqali baholanib, tematik xaritalar shakllantirildi. Olingan natijalar sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini aniqlash, sho‘rlanish xavfi yuqori bo‘lgan hududlarni belgilash hamda yerdan foydalanish jarayonini ilmiy asosda rejalashtirish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish va meliorativ monitoring tizimini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.
Mualliflar
A.A.Abdisalomov
Ish joyi: “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti
Lavozimi: Tadqiqotchi