G‘O‘ZA NAVLARINI BIOLOGIK XUSUSIYATLARINI YAXSHILASH

Annotatsiya

F0 duragaylarda mahalliy g‘o‘za navlari bilan xorijiy g‘o‘za navi chatishtirilgandagi chatishishi foizi xorijiy g‘o‘za navi bilan mahalliy g‘o‘za navlarini chatishtirilgandagi chatishish foiziga nisbatan 5,0% ga kam bo‘lgan. F0 duragaylarda mahalliy navlar bilan xorijiy nav chatishtirilib olingan namunalarga nisbatan xorijiy g‘o‘za navini mahalliy navlarga chatishtirilib olingan namunalarda bir ko‘sak paxtasi vazni o‘rta tolalilarda 20,0% va ingichka tolalilarda esa 13,0% kam bo‘lishi aniqlangan. Mahalliy navlar bilan xorijiy nav chatishtirib olingan F1 duragay namunalarni bir ko‘sakdagi paxtasi vazniga nisbatan xorijiy g‘o‘za navi bilan mahalliy navlarga chatishtirib olingan F1 duragay namunalarni bir ko‘sak paxtasi vazni o‘rta tolalilarda 10,9% va ingichka tolalilarda esa 25,6% ga kichik bo‘lgan, 1000 dona chigit vazni bo‘yicha o‘rta tolalilarda 2,9% yengil va ingichka tolalilarda 10,9% og‘ir, tola chiqishi bo‘yicha o‘rta tolalilarda 2,6% ga va ingichka tolalilarda 21,8% ga kam hamda tola uzunligi bo‘yicha o‘rta tolalilarda 3,9% ga kalta va ingichka tolalilarda 9,4% ga uzun bo‘lishi aniqlangan. Kuzatuvlarda chatishtirishda ona shakllarini belgilari o‘tishi gegemonlik qilganligi kuzatildi. Shu sabab biror navni ijobiy belgisini duragaylarga o‘tkazish uchun uni chatishtirish kombinatsiyalari ona shaklda foydalanish maqsadga muvofiqdir.


Mualliflar