FARG‘ONA VILOYATI TABIIY SHAROITI VA AHOLI SALOMATLIGIGA GIDROIQLIMIY OMILLARNING TA’SIRINI EKOLOGIK JIHATDAN BAHOLASH

Annotatsiya

Mazkur ilmiy tadqiqot ishida Farg‘ona hududida kuzatilayotgan gidroiqlimiy omillarning landshaftlar rivojlanishi va aholi salomatligiga ko‘rsatadigan ta’siri ekologik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida hududning tabiiy-geografik sharoiti, iqlim o‘zgarishlari va yer osti suvlarini ifloslanishi natijasida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar hamda ularning sog‘liq ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi o‘rganildi hamda ularni bartaraf etishga oid chora-tadbirlar bayon etilgan.


Mualliflar