CHIZIQLI INSHOATLARDA - MAGISTRAL GAZ QUVURLARI KAPITAL TAMIRLANADIGAN QURILISH DAVRIDA SERVITUT O‘RNATISHDA YER TUZISH LOYIHALARINING AHAMIYATI
Annotatsiya
Annotatsiya. Maqolada qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan yerlarida doimiy foydalanish huquqi o‘rniga, qurilish ishlari amalga oshiriladigan davr uchun ijara huquqi asosida yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq va samarali ekanligi qisqacha tahlil qilingan. Mazkur yondashuvning amaliy ahamiyatini asoslash maqsadida muallif tomonidan Buxoro viloyati Romiton tumani hududida joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan yer maydonlarida, jumladan “Transgaz” AJ tasarrufidagi yer osti magistral gaz quvurlarini qayta kapital ta’mirlash va qurish davri uchun servitut shartnomasi asosida yer tuzish loyihalash ishlari bajarilgani yoritib berilgan. Tadqiqot natijalari ijara huquqi asosida servitut shartnomalarini tuzish ijobiy va maqbul yechim ekanligini ko‘rsatadi.
Mualliflar
A.X. Abdullayev
Ish joyi: “O‘zdavyerloyiha” DILI
Lavozimi: 1-bosqich (PhD) Mustaqil izlanuvchi