ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARINI SUVGA BO‘LGAN TALABINI BELGILASH UCHUN GIDROMODUL RAYONLASHTIRISH XARITALARINI TUZISH

Annotatsiya

Mazkur maqolada Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarni miqdor ko‘rsatkichlari bo‘yicha yer hisobini aniqlash, ArcGIS dasturidan foydalanib sug‘oriladigan yerlarning geoma’lumotlar bazasi va mavzuli qatlamlarini shakllantirish, ma’muriy-hududiy chegaralarini shakllantirish, qishloq xo‘jaligida foydalanadigan va foydalanmaydigan hamda aholi yashash yerlarini aerokosmik suratlardan foydalanib toifalash, kuzatuv quduqlari hisobini aniqlash va axborotlar tahlilini jamlash, sizot suvlari sathini kuzatuvchi quduqlarning koordinatalarini GPS to‘lqin qabul qilgichida aniqlash va atributlarini to‘ldirish hamda geografik joylashuviga ko‘ra koordinata qiymatlarini geoma’lumotlar bazasiga kiritish orqali elektron raqamli ko‘rinishda geovizuallashtirish, sizot suvlari balandligini maydonli qatlam asosida interpolyatsiya qilish, tuproq kartalarini mexanik tarkibiga ko‘ra elektron raqamli ko‘rinishda tuzish, gidromodul rayonlashtirish xaritalarini elektron raqamli ko‘rinishda tuzish masalalari yoritilgan.

Mualliflar