Yerdan foydalanishning ekologik barqarorligini ta’minlash
Annotatsiya
Yerdan foydalanishg zamonaviy sharoitlarida, o‘z ichiga kenglik-tarkibiy tavsiflarni oluvchi murakkab ekologik tizim bo‘lib, u turli xil tabiiy va antropogen omillarning kuchli salbiy ta’sirida bo‘ladi, shu sababli butun dunyo uchun, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi uchun ham ekologik vaziyat uchun haqiqiy xavf tug‘diradi. Shu sababli antropogen ravishda o‘zgartirilgan tabiiy landshaftlar va ishlab chiqarishda sun’iy texnologiyalar inson va tabiiy muhit uyg‘unligida ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi kerak.
Ushbu maqolada respublikada barqaror yerdan foydalanishni tashkil etishga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tarkibi va ularning ta’siri masalalari nazariy nuqtai nazardan ko’rib chiqilgan
Mualliflar
A.M.Muqumov
Ish joyi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatziyalash muhandislari instituti
Lavozimi: katta o'qituvchi
I.B. Shukurbekov
Ish joyi: “O‘zdavyerloyiha”DILI
Lavozimi: 1-bosqich tayanch doktorant