Qoraqalpog‘iston respublikasi Qo‘ng‘irot tumani tuproqlarining umumiy tavsifi va og‘ir metallar bilan ifloslanish holati

Annotatsiya

Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasini Qo‘ng‘irot tumani “Mehnatobod” massivi tuproqlarining mexanik tarkibi, agrokimyoviy xossalari, sho‘rlanish darajasi va tuproqlarning og‘ir mettalar bilan ifloslanish xolati yoritilgan. Xususan, kimyoviy elementlar bilan ifloslanish darajasiga ko‘ra Cr, Ni, V, Pb, Co, Mo elementlari ruxsat etilgan miqdordan ikki, uch barobargacha, ba’zan 40 barobargacha yuqori ko‘rsatkichda ekanligi aniqlangan. Tuproqlarning ekologik xolatiga baho berilgan

Mualliflar