Daryo havzalari landshaftlari va ularning antropogen transformatsiyasi
Annotatsiya
Daryo havza landshaftlarida qishloq xoʻjaligi, sanoat va urbanizatsiyaning jadal rivojlanishi tabiiy landshaftlarning oʻsimlik qoplami va geomorfologik xususiyatlarini oʻzgartirib ularning antropogen transformatsiyalashuviga olib kelamoqda. Landshaftlarning tez suratlarda antropogen transformatsiyalashuvi landshaft oʻzgarishi tezligini kamaytirish va uni barqaror yoʻnalishlarda amalga oshirishni taqozo etmoqda. Ushbu maqolada landshaftlarning antropogen transformatsiyasi, transformatsiya natijasida landshaft morfologik qismlari oʻrtasidagi oʻzgarishlar, antropogen oʻzgarishlarni harakatlantiruvchi kuchlar va daryo havzalari lanshaftlarini tadqiq etishning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilingan
Mualliflar
M.H. Otamirzayeva
Ish joyi: Namangan davlat universiteti
Lavozimi: Tayanch doktorant