Oltingugurt va marganes mikroo'g'itlarining soyaning nafis navining barg yuzasi shakillanishiga ta'siri

Annotatsiya

Ushbu maqolada 2018-2020-yillar davamida o‘tloq-botqoq tuproq sharoitida soyaning “Nafis” naviga amal davri davomida mikroelementlarni 2 marta suspenziya usulida qo‘llash va ularning barg yuzasiga ta’siri haqida ma’lumotlar berilgan. Mineral o‘g‘itlar va mikroelementlar qo‘llanilmagan soyaning “Nafis” navining nazorat variantida barg yuzasi 45,6 ming m2/ga tashkil etdi. Mikroelementlar ta’sirida barg yuzasi 51,0-56,4 ming m2/ga tashkil etgan. Mikroelementlar ta‘sirining eng yuqori ko'rsatkichlari oltingugurt va marganesning o‘rta me’yorda qo’llanilgan variantlarda kuzatildi. Makro va mikro oʻgʻitlar taʼsirida “Nafis” navining barg yuzasi 3,4-10,8 ming m2/ga yoki 6,9 dan 19,1% gacha oshganligi kuzatildi.

Mualliflar