Химическая и агрохимическая характеристика пустынно песчаных почв
Annotatsiya
Maqolada Navoiy viloyati Konimex tumani cho‘l yaylovlarida tarqalgan qumli cho‘l tuproqlarining kimyoviy va agrokimyoviy xossalarini o‘rganishga doir tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qumli cho‘l tuproqlar gumus bilan juda kam, mineral shaklidagi azot va harakatchan fosfor bilan kam va o‘rtacha, almashinuvchan kaliy miqdori bo‘yicha o‘rtacha va yuqori darajada taʼminlangan. Qumli cho‘l tuproqlari profili bo‘ylab karbonatlar deyarli bir tekis taqsimlanmagan, yaʼni ayrim kesmalar yuza qatlamlaridan karbonatliligi bilan farqlansa, boshqa kesmalarning o‘rta va quyi qatlamlarida karbonatlarning birmuncha to‘planishi kuzatiladi. Gips tarqalishida ham muayyan qonuniyat kuzatiladi, tuproq profili bo‘ylab, asosan, juda kam miqdorlarda uchraydi, lekin ayrim kesmalarning quyi qatlamlarida tuproq genezisiga bog‘liq ravishda gips miqdorining ortishi kuzatiladi.
Mualliflar
Qodirova Dilrabo Abdukarimovna
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Biologiya fanlari doktori, professor
Ish joyi: Toshkent davlat agrar universiteti O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti “Agrokimyo va tuproqshunoslik” kafedrasi
Lavozimi: Kafedra mudiri
Расулов Х.Н
Ish joyi: Toshkent davlat universiteti
Lavozimi: Assistent
Юлдашева М.Г
Ish joyi: Toshkent davlat universiteti
Lavozimi: Magistrant